Yangi xonadonlar oʻz egalariga topshirildi

    Uy-joyga muhtoj 60 nafar oilaga zamonaviy xonadon bunyod etilib, sovgʻa qilindi.

    Toshkent viloyati hokimligi hamda Bekobod shahar hokimligi tashabusi bilan kam taʼminlangan oilalar vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolarga va sektorlar orqali oʻrganishda aniqlangan uy-joyga muhtoj 60 nafar oilaga zamonaviy xonadon bunyod etilib, sovgʻa qilindi.

    Tadbirda viloyat hamda shahar hokimlari soʻzga chiqishib fuqarolarni yangi uy bilan tabriklashdi.

    Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati