Hozirgacha faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi, 27-dekabrdan 2022-yil 9-yanvargacha har kuni soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradi.

Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ham 27-dekabrdan 2022-yil 9-yanvargacha har kuni soat 15:02 da “Buxoro-Toshkent” yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradi.

Ushbu poyezdlar Samarqand, Navoiy temir yoʻl vokzallarida ham toʻxtab oʻtadi.

Bundan tashqari bayram kunlari barcha yoʻlovchi poyezdlarga qoʻshimcha vagonlar ham ulanadi.