Mamlakatimiz fuqarolari bayram kunlari quyidagi xorijiy davlatlarga aviaqatnovlar orqali tashrif buyurishi mumkin, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Turkiya, 40 ta reys (Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Fargʻona – Istanbul );

Qozogʻiston Respublikasi, 34 ta reys (Toshkent – Olmaota, Samarqand – Olmaota, Urganch-Oqtov, Nukus-Oqtov, Nukus-Oqtoʻba);

Rossiya Federatsiyasi, 22 ta reys (Toshkent – Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg);

BAA, 16 ta reys (Toshkent – Dubay, Toshkent – Sharja);

Koreya Respublikasi, 4 ta reys (Toshkent – Seul);

Tojikiston Respublikasi, 4 ta reys (Toshkent – Dushanbe);

Belarus Respublikasi, 4 ta reys (Toshkent – Minsk);

Qirgʻiiston Respublikasi, 3 ta reys (Toshkent – Bishkek);

Misr, 3 ta reys (Toshkent – Qohira, Toshkent – Sharm-al-Shayx);

Gruziya, 2 ta reys (Toshkent – Tibilisi);

Germaniya, 2 ta reys (Toshkent – Myunxen);

Hindiston, 2 ta reys (Toshkent – Dehli);

Quvayt, 2 ta reys (Toshkent – Al-Quvayt);

Latviya, 2 ta reys (Toshkent – Riga );

AQSH, 2 ta reys (Toshkent – Nyu-York);

Eron, 1 ta reys (Toshkent – Tehron);

Isroil, 1 ta reys (Toshkent – Tel-Aviv);

Saudiya Arabistoni, 1 ta reys (Toshkent – Ar Riyod);

Eslatib oʻtamiz, parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.