Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholi vakillari sportning mini-futbol, stritbol, basketbol, velosport, yugurish, darts, arqon tortish, badminton, armrestling, tosh koʻtarish, stol tennisi hamda “Workout” (koʻcha fitnesi) yoʻnalishlari boʻyicha oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishlari mumkin.
Shuningdek, festival doirasida yilning eng yirik turnirlari – shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston chempionati hamda Kibersport boʻyicha Grand finallar tashkil etiladi.
Festival ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan maxsus sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
“Yangi yilga sport bilan!” shiori ostidagi ommaviy sport festivallari respublikamizning barcha viloyatlarida oʻtkaziladi. Toshkentdagi Grand final esa “Milliy” stadionda tashkil etiladi.
Yilning eng yirik sport festivalida ishtirok eting va Yangi yilni sport bilan qarshi oling!
“Yangi yilga sport bilan!” shiori ostida oʻtkazilayotgan ommaviy sport festivalida qatnashish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.