Bugun respublika hududining katta qismida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat foni meʼyordan 4-5 daraja yuqori boʻladi va 11-16 daraja iliqlikni tashkil etadi.

Hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, shimoliy hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.Togʻli hududlarda yogʻingarchilik asosan qor koʻrinishida boʻladi, 3-4-yanvarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.

Havo harorati kechalari 0-5daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq atrofida va meʼyorga yaqin boʻladi.

3-4-yanvarda Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman kuzatiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.