Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi.
Sovuq kechalari 5-10 darajagacha, shimolda va choʻl hududlarida 12-17 darajagacha koʻtariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati oʻrtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past boʻladi.
Respublikaning baʼzi joylarida tuman kuzatiladi. Ushbu davrda togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.