— Ushbu Anglashuv Memorandumi imzolangani juda yoqimli biz uchun. Bu O'zbekiston Respublikasi va YAngi Zelandiya o'rtasida tuzilgan birinchi Anglashuv Memorandumidir. Men IPU New Zealand universiteti bunda asosiy rol` o'ynayotganidan juda g'ururlanaman", — deya ta'kidladi IPU New Zealand Universiteti Prezidenti Setsuko Oxashi. — Umid qilamanki, IPU New Zealand universiteti O'zbekistonda talab yuqori bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashga hamda O'zbekiston va YAngi Zelandiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo'shadi.
IPU New Zealand universiteti maxsus “el-yurt umidi” jamg'armasi uchun magistrlik dasturlariga 30% chegirma taqdim etadi.
Xalqaro biznes, marketing, meenedjment, buxgalteriya hisobi, xalqaro aloqalar, TESOL, yaponshunoslik va atrof-muhitni o'rganish universitetning asosiy ustuvor yo'nalishlari sanaladi. Talabalar, shuningdek, Palmerston shimoliy shahar merining Palmerston North city Mayor’s Goodwill Ambassador Scholarship stipendiyacini olish uchun hujjat topshirishlari mumkin.
Ta'lim masalalari bo'yicha konstruktiv muloqotlar, shuningdek, YAngi Zelandiya universitetlarini jalb qilish uchun O'zbekiston ochiq ekanligi alohida ta'kidlandi.
— Ushbu loyiha “el-yurt umidi” jamg'armasining xalqaro aloqalar geogragrafiyasini yana kengaytirishga xizmat qiladi, — dedi Xalqaro aloqalar va protokol bo'limi boshlig'i Mirziyo Sodiqov.
IPU New Zealand universiteti 1990 yilda tashkil topgan bo'lib, dunyoning eng go'zal mamlakatlaridan biri - YAngi Zelandiyada ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi. IPU New Zealand 30 dan ortiq mamlakatlarning talabalari va o'qituvchilari ishtirokidagi noyob va muvaffaqiyatli xalqaro oliy o'quv yurtidir.









