Zilzila o'chog'i Paraparaumu shahridan 50 kilometr shimoli-g'arbda joylashgan. Zilzila o'chog'i 57 kilometr yer ostida joylashgan. Talafotlar hamda jarohat olganlar haqida hozircha ma'lumot yo'q.

Avvalroq “Gabriel” bo'roni yuz bergani xabar berilgan edi. Tabiiy ofat oqibatida to'rt kishi, xususan, bir nafar bola halok bo'ldi, mamlakatda o'n ming kishi xavfsiz joyga ko'chirildi. Odamlarning bedarak yo'qolgani haqida politsiyaga 1440 ta ariza kelib tushdi, deb xabar beradi mir24.tv.