Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganch shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqalʼa tuman sudida koʻrilayotgan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qiladi.

Shundan soʻng, tergov sudyasi 2 ming AQSH dollarini naqd pulda va 24 mln. soʻmni esa plastik karta orqali oladi.

Ammo bergan vaʼdasining ustidan chiqmagan sudya muqaddam olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddasi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.