Yangibozorda Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi

    Markazda chet tillarni o'rganish, komp`yuter savodxonligi, shaxmat-shashka, mental arifmetika, tasviriy san'at, tikuvchilik, to'quvchilik, milliy hunarmandchilik kabi kasb-hunar to'garaklari tashkil etilgan.

    Bu haqda Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Yoshlar markazining ochilish marosimida so'zga chiqqan tuman hokimi O'ktam Qurbonov davlatimiz rahbarining yoshlarga alohida mehr-e'tibori tufayli mamlakatimiz yoshlari har tomonlama sog'lom va baxtli voyaga etayotgani, yangi O'zbekiston yoshlariga dunyodagi tengdoshlari ham havas qilayotganini ta'kidlagan.

    Markaz yoshlarning tashabbus va g'oyalarini birlashtirish, yangi loyihalar tayyorlash, yigit-qizlarni tadbirkorlikka o'rgatish, o'zaro muhokamalar maydoni yaratish, turli sohalarda mahorat darslarini o'tish uchun sevimli maskanga aylanishiga ishonch bildirilmoqda.