Endilikda bu xizmatlar turi, soni va sifati yana-da oshishi shubhasiz. Negaki, Yangibozor shaharchasida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi binoda bolalar maydonchasi, kutubxona, notarius xodimlari xonasi va bank shoxobchasi ham bor. Aynan shu yerda Bosh vazir qabulxonasi ham joylashgan.

Endilikda bu yerda fuqarolar hamda tadbirkorlarga 250 ga yaqin davlat xizmatlari tezkor, sifatli koʻrsatiladi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri