Farmonga koʻra, Prezidentining ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlarni belgilash mezonlarini takomillashtirish;
  • yangidan tashkil qilingan tadbirkorlarning rivojlanishini baholash koʻrsatkichlarini maqbullashtirish;
  • “BBB” toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini tatbiq etish;
  • mahalliy pivo mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyatini vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.

Bunda Prezident farmoniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:

➖moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan bir yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkaziladi;

➖harakatsiz rejimga oʻtkazilgan korxonalar faoliyati bir yil davomida tiklanmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ularni Tadbirkorlarning yagona davlat reyestridan chiqaradi».