Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Yangiyer shahar boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudining 22.04.2021-yildagi, qarzdor A.X.dan undiruvchi X.X.ning foydasiga 1 nafar farzandi taʼminoti uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud edi, deya xabar beradi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi.

– Ijro hujjati yuzasidan boʻlim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga darhol kirishildi va qarzdor sud qarori bilan tanishtirildi hamda barcha vujudga keluvchi huquqiy oqibatlari tushuntirildi, — deydi MIB Yangiyer shahar boʻlimi davlat ijrochisi Zilola Umarova.

– Bundan tashqari, Byuro xodimlarining olib borgan tushuntirishlari va sayʼ-harakatlari natijasida ushbu oilaning yarashuviga erishildi hamda aliment toʻlash toʻgʻrisidagi ijro hujjati undiruvchining arizasiga binoan tamomlandi.

Edi ular mustaqil yurtimizning mustahkam qoʻrgʻonlari sanaladi.

Shu oʻrinda, joriy yilning oʻtgan 5 oy davomida shahar boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan 44 ta oila qayta tiklandi. Bunday xayrli ishlarda bolajonlarimizning quvonchi cheksiz.

Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz.

Bunday xayrli ishlar davom etadi.