Bugun Yangiyer shahri “Shodiyona” mahallasi fuqarolari uchun quvonchli kunga aylandi. Chunki mahallada zamonaviy shaharsozlik andozalariga monand, barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi bino qurilib, mahalla faollari uchun foydalanishga topshirildi.

Mazkur eng soʻnggi zamonaviy orgtexnika, ofis mebellari bilan jihozlangan binoda mahalla xodimlari hamda profilaktika inspektorlari tunu-kun aholi tinchligi va osoyishtaligi hamda farovonligi yoʻlida faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.