Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.B.” MCHJ tomonidan Yangiyer shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosini qurishda amalda bajarilmagan 149 mln soʻmlik ishlarni hujjatlarga qoʻshib yozish orqali byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari I.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.