Saylda FHDYO, adliya boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyer shahar Xalq qabulxonasi, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mutasaddilari tomonidan muammolarni oʻrganish va ularni hal etish choralarni koʻrish maqsadida sayyor qabullar tashkillandi.
Shuningdek, “Oʻzimiz keldik” aksiyasi davomida davlat xizmatlariga ehtiyoji boʻlgan, biroq ayrim sabablar bilan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyura olmagan fuqarolarga shu yerning oʻzida davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatildi.
Sayl dasturida xushovoz xonandalar ijrosidagi konsert dasturi, badiiy chiqishlar, “Siz Davlat xizmatlari haqida nimalarni bilasiz” viktorinasi, “Davlat xizmatlari men uchun” ijodiy rasmlar tanlovi, Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi, aynan shu yerda ishtirok etgan aholi vakillari yordamida aniqlangan eng faol ishtirokchilarga Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Ayniqsa, viktorina ishtirokchilari orasida oʻzining Davlat xizmatlarini sohasini qanchalik kengroq bilishi va tezkorligini namoyon etganligi uchun Dildora Begimqulova, Muslima Amanova, Diyora Mansurova kabi yoshlar oʻz bilimlarini yana-da mustahkamlab olgan boʻlsalar, “Davlat xizmatlari men uchun” ijodiy rasmlar tanlovida faollik koʻrsatgan Musiqa va sanʼat maktabining Shohjahon Aliqulov, Dildora Rahimova, Muxlisa Saydimqulova kabi oʻquvchilari chizgan suratlar ham sayl ishtirokchilariga manzur boʻldi.
Shuningdek, shu paytgacha sharʼiy nikohda yashab kelayotgan oilalarga nikoh guvohnomasi, tugʻilganligi qayd etilmagan bolalarga tugʻilganlik guvohnomasi kabi hujjatlar ham sayyor tartibda topshirildi.
“Davlat xizmatlari sayli” davomida aholidan 15 ta murojaatlar qabul qilinib, ulardan 10 tasi shu yerning oʻzida hal etilgan boʻlsa, 5 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, deb xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.