Har bir bogʻcha 270 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bu yerda bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Ushbu bogʻchalarda 5 ta rus guruhi, 4 ta oʻzbek guruhi tashkil qilinishi koʻzda tutilgan boʻlib, bolajonlarga 40 nafar tarbiyachi tomonidan alohida eʼtibor qaratiladi. Bogʻchalarning ochilishi natijasida tumanda bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish 45 % ga yetkazildi.
Shuningdek, tumanning “Yangi Choshtepa” mahallasida 65-sonli oilaviy poliklinika ham ochildi. Ushbu poliklinika tumandagi “Choshtepa”, “Yangi Choshtepa”, “Yangi Darxon”, “Yangi Umid”, “Yangihayot” va “Tashabbus” mahallalarining 33 035 nafar aholisiga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan, deya xabar bermoqda Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati.