Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “B” MCHJ taʼsischisi S.I. pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotib daromad orttirishni koʻzlab, xaridorga “Favilok, Favipravir tablets 200 mg” dori vositasini har bir qutisini 450 ming soʻmdan hisoblab, jami 264 qutisini 118,8 mln soʻmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.