Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 16-oktyabr kuni soat 08:00 da Yangihayot tumanidagi “Mashʼal” MFYda suv quvurida taʼmirlash ishlarini olib borish vaqtida avtomashina oʻrta bosimli gaz quvurini urib yuborgan.

Buning oqibatida ushbu manzildagi 3 ta koʻp qavatli uy (350 ta xonadon) va 220 ta yerli xonadon gaz taʼminotisiz qolgan.

“Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlaridan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.