WBA yangilangan reytingida oʻtgan oyga nisbatan bokschilarimizning oʻrnida hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Mazkur reytingdan 9 nafar bokschimiz oʻrin oldi. Jumladan:

Hasanboy Doʻsmatov - (minimal vazn) 2-oʻrin;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - chempion;

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 2-oʻrin;

Elnur Abduraimov (ikkinchi yarim yengil vazn) - 15-oʻrin;

Shahram Gʻiyosov (yarimoʻrta vazn) - 5-oʻrin;

Shohjahon Ergashev (super yengil vazn) - 8-oʻrin;

Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 3-oʻrin;

Isroil Madrimov (super yarim oʻrta vazn) - 1-oʻrin;

Bektemir Meliqoʻziyev (super oʻrta vazn) 12-oʻrin.