Yangilangan WBO reytingidan 7 nafar bokschimiz joy oldi

    Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

    Reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan, deya xabar beradi Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati.

    Roʻyxatga koʻra:

    • Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg) oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 10-oʻringa joylashdi;
    • Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi — 50,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 4-oʻrinni egalladi;
    • Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi — 55,3 kg) oʻtgan oydagidan 3 pogʻona pastlab, 8-oʻrinni egalladi;
    • Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi — 55,3 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 5-oʻrinni egalladi;
    • Shahram Gʻiyosov (yarimoʻrta vazn toifasi — 66,6 kg) oʻtgan oydagi kabi vazn peshqadami;
    • Bektemir Meliqoʻziyev (superoʻrta vazn — 76,2 kg) oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 11-oʻringa joylashdi;
    • Bahodir Jalolov (superogʻir vazn — 90,7 kg) oʻtgan oydagidek 15-oʻrinda qoldi.