45 ta motokul`tivator, 32 ta tikuv moshinasi va 16 ta maxsus dazmol, 6 ta payvandlash uskunasi, 3 ta noutbuk, 8 ta qurilish anjomlari sektor rahbarlari ishtirokida topshirildi. Mazkur texnikalar uchun viloyat "Yoshlar jamg'armasi" mablag'lari hisobidan 1 milliard so'm ajratildi.
Aytish mumkinki, bugungi kunda Yangiyo'l tumanida jami 43 mingdan ortiq yoshlar istiqomat qiladi. 1867 nafari "Yoshlar daftari" ga kiritilgan bo'lib, joriy yil boshidan buyon, 832 nafari ro'yxatdan chiqarildi.
Jamg'arma mablag'lari hisobidan yana 188 ta bolaga bir martalik moddiy yordamlar ko'rsatildi. 17 nafar yoshga kontrakt pullari to'lab berildi, 2 nafar yoshga haydovchilik guvohnomasi va 28 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi harajatlari uchun pul mablag'lari yo'naltirildi.