“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning xabar berishicha, suvtaʼminot korxonasi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzmasdan ichimlik suvi tarmogʻiga ulanib foydalanganligi uchun Yangiyoʻl tumanida faoliyat yurituvchi “HTB-AS INVEST” MCHJ korxonasiga 294 511 319 (mln) soʻm hisob-kitob qilingan.
Ushbu xatti-harakat uchun “HTB-AS INVEST” MCHJ rahbari A.X. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5-yil 1 oy muddatda ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, unga JK ning 57-moddasi qoʻllanilib, bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobar miqdorida, yaʼni 45 000 000 (mln) jarima jazosi tayinlandi.