Unga shirinlik olib berishini aytib, qoʻlidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan.
Ular biroz yoʻl yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxasha qilib yigʻlay boshlagan. Shundan soʻng u qizga maktab sumkasini qaytarib bergan va oʻzi yoʻlda davom etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks etgan.
Holat yuzasidan kelib tushgan xabarga asosan shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surushtiruv ishlari boshlangan.
Surushtiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan shaxsni tanimasligini maʼlum qilgan.
Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Qayd etish joiz, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu vaziyat bilan bogʻliq boʻrttirilgan yolgʻon axborot va fuqarolar tomonidan hech bir asosga ega boʻlmagan, odamlarda shubha tugʻdiruvchi turli ovozli xabarlar tarqatilmoqda.
Shu oʻrinda fuqarolarimizni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini, axborot xurujlari va yolgʻon maʼlumotlar ostidagi zararli taʼsirlardan hushyorlikka chorlab, jurnalist va blogerlardan har bir vaziyatga xolis yondashishlarini, asoslanmagan xabarlarni tarqatmaslikni va notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻraymiz.