2020-yil 8-sentyabr kuni fuqaro M.A. viloyat IIBB ariza bilan murojaat qilib, arizasida uy-joy qilish uchun fuqarolarga ajratilayotgan yerlar boʻlsa, qonuniy sotib olish, uy-joy qilish maqsadida Toshkent viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri Yangiyoʻl tumani filialiga murojaat qilganini, filialda turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi I.N. hozirgi kunda shudgor qilinib tayyorlangan yerlarning xar bir sotigʻi 500 AQSH dollaridan, hozirda 27 sotix tayyorlangan yerni jami 13.500 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlganini maʼlum qilib, ush shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir natijasida, Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangiyoʻl tumani filialida turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi, 29 yoshli I.N. fuqarodan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.N. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda IIBB JQB Uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlinmasi xodimlari tomonidan bu kabi korrupsion holatlarga chek qoʻyish maqsadida keskin kurash olib borilmoqda.