Aytishlaricha, mevali daraxt barglari, ayniqsa, nok va olma daraxtining barglarida yod moddasi koʻproq, shuning uchun ularga boʻlgan talab yuqori.

Oʻtgan yili 176 ming dollar miqdoridagi 10 tonnadan ziyod quritilgan meva-sabzavot va barglar eksportga yoʻnaltirilgan. Shartnomalarga koʻra 2020-yilda 25 tonnaga yaqin mahsulotni eksport qilish koʻzda tutilgan. Shu kungacha 10 tonna quritilgan meva-sabzavot va 6 tonna barglar xorijga joʻnatildi.