Joriy yil yanvar oyida “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalarida uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, uglevodorodlarni qazib chiqarishni koʻpaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi natijasida, joriy yilning yanvar oyida 9 ta quduq burgʻilashdan, 37 ta quduq mukammal taʼmirlashdan va 1 ta texnologik obyektlar qurib ishga tushirildi. Ushbu chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishi natijasida, qoʻshimcha 27,0 million kub/metr tabiiy gaz, 382 tonna gaz kondensati, hamda 94 tonna neft qazib chiqarildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati “Oʻzbekneftgaz” AJ maʼlumotiga tayanib.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan geologo-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi va mavjud quduqlarni samarali ishlatish natijasida, 2022-yilning yanvar oyida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash reja koʻrsatkichlarining bajarilishi quyidagicha boʻldi:

• Tabiiy gaz – 2 859 million kub/metr, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,8%;
• Neft – 9,4 ming tonna, rejaga nisbatan 102,0%;
• Kondensat – 125,9 ming tonna, rejaga nisbatan 102,0%;
• Suyultirilgan gaz – 59,4 ming tonna, rejaga nisbatan 104,4%;
• Oltingugurt – 21,0 ming tonna, rejaga nisbatan 103,3%;
• Avtobenzin – 86, 1 ming tonna, rejaga nisbatan 109,3%;
• Dizel yonilgʻisi – 20,3 ming tonna, rejaga nisbatan 144,0%.