Bu haqda Oʻzgidromet agentligi xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, 28-yanvarda Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yogʻadi. Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi +5…+10, respublikaning shimoliy hududlarida −2…+3 daraja boʻladi.

29−31-yanvarda Oʻzbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga sovuq havo massalari tarqala boshlaydi. Havo harorati kechasi 0…-5 darajagacha, shimoliy hududlar baʼzi joylarida -8 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayadi. Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, asosan qor shaklida yogʻadi. Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi.

Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirib 7−12 m/s tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida seshanba kunlari yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat bugun +9…+11, ertaga kechasi 0…+2, kunduzi +6…+8 daraja boʻladi.

29−31-yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat kechasi 0…-2, kunduzi 0…+2 daraja boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirish bilan 5−10 m/s tezlikda esadi.