“Oʻzbekkino” Milliy agentligi axborot xizmatidan maʼlum qilishicha, mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston va Yaponiya hamkorligida yaratilishi rejalashtirilayotgan “Sakura ifori” filmi boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shuningdek, fim loyihasiga yaponiyalik investorlar va mualliflarni jalb etish takliflari oʻrtaga tashlandi.
“Sakura ifori” – toʻliq metrajli tarixiy-badiiy film boʻlib, murakkab postanovkalarda yaratiladi. Filmda Ikkinchi jahon urushi vaqtida sobiq ittifoq tomonidan qamoqqa olingan yapon askarlari haqida hikoya qilinadi. Gʻoya muallifi va rejissyor Akbar Bekturdiyev.
Uchrashuvda mazkur filmning suratga olish jarayoni, dastlabki aktyorlar tarkibi, film smetasi va texnik guruh mutaxassislari boʻyicha rejalar tuzildi.
“Sakura ifori” – Oʻzbekiston va Yaponiya hamkorligidagi film boʻlishi kutilmoqda. Endilikda loyihaga yaponiyalik rejissyor, muallif va investorlar jalb etishga kelishildi.