Ular orasida Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (METI), Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), shuningdek Sojitz Corporation, Washin Trading, Le One Co. Ltd., Daido Industries, OMETA, ITO Corporation, Okamoto Corporation, Masui va boshqa kompaniyalar rahbariyati bor edi.
METI rahbari Masaki Ogushi bilan uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va past uglerodli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Loyihalarni qoʻshma kreditlash mexanizmi (JCM) doirasida hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari assortimentini kengaytirish, oʻzbek gilosiga fitosanitariya ruxsatnomasi olish jarayonini jadallashtirish, energetika, strategik metallarni qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish sohalarida hamkorlik muhokama etildi.
JBIC rahbariyati bilan amaldagi loyihalarni tezlashtirish, yangi tashabbuslarni moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish va xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Yaponiyaning kompaniyalari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda energetika, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, infratuzilma qurilishi, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish va “aqlli” dehqonchilik texnologiyalarini joriy etish boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Xususan, Sojitz Corporation bilan muzokaralar yakunida energetika, sogʻliqni saqlash, infratuzilma va boshqa yoʻnalishlarni qamrab oluvchi yangi Yoʻl xaritasi imzolandi.
17-avgustda delegatsiya Osakada boʻlib oʻtayotgan EXPO-2025 doirasida Oʻzbekiston Milliy kuni tadbirlarida ishtirok etdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.










