Yaponiya hukumati rahbari oʻzining qarori haqida boshqaruvchi partiya Liberal-demokratik partiya (LDP) rahbariyatini xabardor etdi. Oʻzining ketishi toʻgʻrisida u kechqurun maxsus matbuot anjumanida rasmiy eʼlon qilishi mumkin, deb xabar beradi NHK teleradiokompaniyasi.
Taxminlarga koʻra, Hukumatga vaqtincha Bosh vazir oʻrinbosari, Yaponiya moliya vaziri Taro Aso rahbarlik qilishi mumkin. Kezi kelganda aytish joizki, u 27-avgustda u oʻzining parlament fraksiyasining eʼtiborli vakillarini toʻplagan. Baʼzi bir xabarlarga qaraganda, Aso safdoshlari bilan hukumat va LDP rahbariyati tarkibida sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshishi kutilayotgan oʻzgarishlar haqida suhbatlashgan.
Eslatamiz, 17 va 24-avgustda Sindzo Abe Keyo universiteti shifoxonasida ikki marta tibbiy tekshiruvdan oʻtgan. Shundan keyin OAVda Yaponiya Vazirlar mahkamasi rahbari sogʻligining yomonlashgani haqida xabarlar paydo boʻlgan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.