Yaponiya dunyodagi eng yirik AESni qayta ishga tushirishga tayyorlanmoqda

    Yaponiyaning Niigata prefekturasi ma'muriyati dushanba kuni dunyodagi eng yirik Kashiwazaki-Kariwa AESni qayta ishga tushirishni ma'qullashi kutilmoqda.

    Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

    AES 2011-yilda vayron bo'lgan “Fukusima – Dayiti” AESni boshqargan Tokyo Electric Power Co (TEPCO) kompaniyasiga tegishli.

    Tokiodan taxminan 220 kilometr shimoli-g'arbda joylashgan Kashiwazaki-Kariwa Fukusimadagi kuchli zilzila va tsunamidan keyin yopilgan 54 ta AESdan biri edi. O'shandan beri Yaponiya qazib olinadigan yonilg'i importini kamaytirish va iloji bo'lsa, undan voz kechish maqsadida o'zining 33 ta elektr stantsiyasidan 14 tasini qayta ishga tushirdi. Ma'qullansa, TEPCO 20-yanvarda stansiyaning yetti reaktoridan birinchisini qayta ishga tushirishni ko'rib chiqmoqda, deb xabar berdi kommersant.ru.

    Xabar qilinishicha, prefektura aholisining 60 foizi “qayta ishga tushirish shartlari bajarilganiga” ishonmaydi, 70 foizga yaqini esa TEPCO kompaniyasi boshqaruvidan xavotirda. Joriy yilning boshida TEPCO Niigata aholisidan yordam so'rab, keyingi 10 yil ichida prefekturaga 641 million dollar sarmoya kiritishga va'da berdi.