Yaponiya elchixonasi bilan Qo'shtepadagi bolalar bog'chasi uchun qariyb 41 ming dollarlik grant shartnomasi imzolandi

    Yaponiya elchixonasida “Yaponiya hukumatining kichik ijtimoiy loyihalarga begʻaraz yordami” dasturi doirasida grant shartnomasini rasmiy imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Yaponiyaning muvaqqat ishlar vakili Toda Shinsuke, Qoʻshtepa tumanidagi 35-maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi Shahodat Tojimatova va Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi Iqbolxon Mahmudova, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

    Yaponiya diplomati qayd etganidek, 1995-yildan beri Yaponiya sogʻliqni saqlash, taʼlim va qishloq xoʻjaligi sohasida 415 ta loyihani hayotga tadbiq qildi.

    Loyihaga muvofiq, Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi 35-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 40 ming 814 AQSH dollari miqdoridagi oʻquv jihozlari bilan taʼminlanadi.