Anʼanaga koʻra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.
Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni” bilan taqdirlanishi Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan koʻp yillik hissasi eʼtirof etilganini tasdiqlaydi.


Bu orden 1875-yildan beri berib kelinayotgan boʻlib, Yaponiyadagi eng qadimgi va “Chiqayotgan Quyosh Ordeni”ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.