Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yaponiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Mikado develop and investment” kompaniyasi tomonidan Fargʻonada qad rostlayotgan Ekoshahar hududida amalga oshirilayotgan mehmonxona-rezidensiya, savdo-turizm majmuasi va Yapon bogʻidan iborat MIKADO SITI majmuasi loyihasining borishi muhokama qilindi.

Kompaniya rahbari Okuda Takefumi MIKADO SITI majmuasi qurilishi uchun yer maydoni auksion orqali rasmiylashtirish yakunlangani, hozirda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqilayotganini maʼlum qildi. Yaqin muddatda loyihaning tamal toshi qoʻyilishi bildirildi.

Yaponiyaliklarga Ekoshahar hududida tashqi muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini qurish uchun 40 million dollar mablagʻ ajratilganligi, 3-4 oy muddatda gaz, suv, elektr va kanalizatsiya tarmoqlari majmua chegarasiga qadar tortilishi maʼlum qilindi.

Muhokamalar natijasida MIKADO SITI majmuasi qurilishi loyihasini belgilangan muddatda amalga oshirilishini taʼminlash uchun ikki tomonlama yoʻl xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.