Bu haqda 4-noyabr, dushanba kuni Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma'lum qildi.
Yaponiyaning yangi H3 raketasi mamlakat janubi-g'arbidagi Kagosima prefekturasidagi Tanegasima kosmodromidan Tokio vaqti bilan soat 15:48 da havoga ko'tarildi. Taxminan 30 daqiqadan so'ng fazoviy kema orbitaga chiqarildi.
4 tonnalik sun'iy yo'ldosh sun'iy yo'ldosh radioaloqalarida ishlatiladigan santimetr to'lqin uzunliklarining X diapazonidagi chastotalarda aloqani ta'minlash uchun uskunalar bilan jihozlangan. Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur parvoz 50 million dollarga baholandi.
H3 Yaponiyaning asosiy raketasi hisoblanadi. U JAXA va Mitsubishi Heavy Industries tomonidan ishlab chiqilgan. Bu uning to'rtinchi ishga tushirilishi. H3 H2A raketasini almashtirdi. H3 4 tonnadan ortiq yukni quyosh bilan sinxron orbitaga va taxminan 8 tonnani geosinxron orbitaga olib chiqishi mumkin. Bu H2A raketasi uchirishi mumkin bo'lgan foydali yuk og'irligidan 1,3 baravar ko'p, deb xabar beradi korrespondent.net.