Yaponiya sayyohlik kompaniyalari Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini oshirmoqchi

    Turizm 30 Sentabr 2024 358

    Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Tokio shahrida Yaponiyaning “H.I.S. Co. Ltd” sayyohlik kompaniyasi prezidenti Motoyashi Yada bilan uchrashdi.

    M. Yada, yapon turizm sektori yapon sayohatchilarining mamlakatimizni ziyorat qilishga boʻlgan qiziqishining ortishini hisobga olgan holda, Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini oshirishda manfaatdor ekanligini, bunga Oʻzbekiston turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha olib borilayotgan faol PR-kampaniya yordam berayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonda sayohat qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash, mamlakatimizga sayyohlar oqimini koʻpaytirish imkoniyatlari va Oʻzbekistonning Yaponiyada targʻib qilish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.