“Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirgani gumon qilinmoqda. Kemalar keyingi ma'lumotlarni kuzatishga, vayronalar aniqlansa, unga yaqinlashmaslikka, balki tegishli ma'lumot haqida qirg'oq qo'riqlash xizmatiga xabar berishga chaqiriladi”, deyiladi xabarda.
Koreya Respublikasining Renxap agentligi shtab boshliqlarining birlashgan qo'mitasiga (JCS) tayanib yozganidek, KXDR Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi.
O'tgan hafta Shimoliy Koreya o'zining eng yangi qit'alararo ballistik raketasi “Xvason-19”ni uchirgandi, deb xabar beradi ria.ru.