Yaponiya supermarketlaridagi tarvuzlar

    Supermarket masʼullari tarvuzlarni kesish paytida undagi shakar miqdorini oldindan oʻlchab, keyin rastalarga joylashtirar ekan.

    Yaponiyada tarvuzlar juda qimmat (20-30$ atrofida). Shuning uchun, odatda ularni boʻlaklarga kesib sotishadi.

    Masalan, tarvuz boʻlakchalari qariyb 3 $ turarkan.

    Shuncha pulga olgandan keyin shirin chiqarmikan oʻzi, deb hamma oʻylashi tabiiy. Shu sababli, supermarket masʼullari tarvuzlarni kesish paytida undagi shakar miqdorini oldindan oʻlchab, keyin rastalarga joylashtirar ekan, masalan:

    - 9.5 - 10.5 gacha - sal-pal shirin;

    - 10.5 - 11.5 gacha - shirin;

    - 11.5 dan yuqori - oʻta shirin.

    Maqsad - xaridor qanday tarvuz sotib olayotganini oldindan tasavvur qilishi uchun.