Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi Afgʻoniston yoʻnalishi bilan bogʻliq hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, ushbu mamlakatdagi mavjud vaziyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yuqori martabali yapon diplomati Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga insonparvarlik yordami koʻrsatish va Afgʻonistonga iqtisodiy koʻmaklashish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

K.Nagaoka Oʻzbekiston va Yaponiyaning Afgʻoniston yangi hukumatiga nisbatan pozitsiyalari va yondashuvlari oʻxshashligini taʼkidladi.

Shu munosabat bilan Afgʻoniston Muvaqqat hukumati tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari bajarilishi, xususan, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlarini taʼminlash, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Yaponiya tomoni “Markaziy Osiyo-Yaponiya” muloqot guruhi doirasida afgʻon muammosi boʻyicha konstruktiv fikr almashishni taklif qildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.