Joriy yil 1-aprelidan boshlab, Yaponiya xalqaro aeroportlariga passajirlar soni faqatgina 100 nafargacha boʻlgan samolyotlarning qoʻnishiga ruxsat beriladi.
Yaponiya hukumati koronavirusga qarshi navbatdagi cheklovni - kelayotgan sayyohlar 14 kunlik karantin uchun joylashadigan maxsus mehmonxonalarda boʻsh oʻrinlar toʻlib qolayotgani bilan asoslagan.
Cheklovlardan bu yilgi Olimpiada mehmonlarsiz oʻtkazilishi yanada aniqlashayotgandek.
Apreldan aviachipta narxlari ham sunʼiy koʻtarilishi ehtimoldan xoli emas.