Qurbonlarning katta qismi Isikava prefekturasining ikkita shahri Vajima va Suzu hissasiga to'g'ri keldi, ular tabiiy ofatdan eng ko'p zarar ko'rgan.
100 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Isikava prefekturasida zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan ko'plab yong'inlar 200 dan ortiq turar-joy binolarini vayron qildi, zilzila tufayli 250 dan ortiq bino zarar ko'rdi. Shu bilan birga, mahalliy ma'muriyat vayronagarchilikning haqiqiy ko'lami bundan-da kattararoq bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Hozirda mamlakat qurolli kuchlari jabrlangan hududida qutqaruv va qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi jurnalistlarga ma'lum qilishicha, hozirda 32,5 mingga yaqin odam evakuatsiya markazlarida qolmoqda. Zilzilalar boshlanganidan keyingi dastlabki kunlarda Yaponiyaning markaziy va g'arbiy qismlarining 60 mingdan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi tass.ru.