Ishlab chiqaruvchi kompaniya Kobayashi Pharmaseutisal bayonotiga ko‘ra, Beni-Koji deb nomlangan parhez qo‘shimchasining maqsadi xolesterin darajasini pasaytirish edi. Maʼlum bo‘lishicha, marhumlardan biri uch yil davomida oziq-ovqat qo‘shimchasini qabul qilgan va buyrak kasalligidan vafot etgan. Ikkinchi qurbon haqida esa hali ochiq rasmiy maʼlumot berilmagan.
Hozirda rasmiylar taxminan 6 ming turdagi mahsulotlarni o‘z ichiga olgan ushbu turdagi parhez qo‘shimchasini tekshirmoqda. Ishlab chiqaruvchi tomonidan 5 turdagi qo‘shimchalarni, jumladan, fermentlangan guruch qo‘shilgan 300 ming paketga yaqin BFQ qaytarib yeg‘ib olingan, deya xabar bermoqda Kyodo.