Yaponiyada bolalar o'rniga maktabga maxsus robotlarni yuborishga ruxsat beriladi

    Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Yaponiya maktablarida o'quvchilarning darslarda bevosita ishtirokini kamaytirish tendensiyasi kuzatildi.

    Mamlakatning janubi-g'arbiy qismidagi Kumamoto shahrida 2760 nafar o'quvchilar 2022-o'quv yilida umuman maktabga bormagan, deya xabar beradi The Mainichi nashri.

    Ushbu holatlarni hisobga olib, ta'lim tizimi rahbarlari o'quvchilarga yon bosishdi va tez orada ularning o'rniga maktabga maxsus robotlarni yuborishga ruxsat beriladi. Har bir robot g'ildiraklar, planshet biriktirilgan uzun shtativga ega. O'quvchilar videochat orqali o'qituvchilar bilan aloqa o'rnatib, robotning harakatini masofadan turib boshqarishlari mumkin bo'ladi.

    Shahar maktablari kengashi dastlab ikkita robotni noyabr oyida ishga tushirishga qaror qildi. Birinchi bosqichda mazkur tajriba faqat boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilariga taalluqli bo'ladi. Tajribaning birinchi bosqichini kelasi yilning mart oyida yakunlanlash ko'zda tutilgan, deb xabar beradi techcult.ru.