Uning o'ziga xosligi shundaki, majmuaning balandligi 12 metr, kengligi 30 metr va diametri 675 metr bo'lib, butunlay yog'ochdan barpo etilgan. Bu mahkamlagichlarsiz va zamonaviy texnologiyalarsiz qurilishning qadimgi yapon an'analarining uyg'unligini namoyon etadi.
“Katta halqa” Sou Fujimoto Architects arxitektorlari tomonidan Yaponiya yutuqlarini namoyish qilish uchun ishlab chiqilgan. Ulkan majmualarni yog'och vositasida qurish tobora urfga kirib bormoqda va Kunchiqar mamlakat ustalari dunyoni hayratda qoldirishga qaror qilishdi. “Katta halqa” ko'rgazma hududi atrofida qurilgan bo'lib, u ham kuzatuv maydonchasi, ham piyodalar maydoni vazifasini o'taydi, deb xabar beradi techcult.ru.









