Oʻzbekistonning Yaponiyadagi muxtor elchisi M.Abduraxmonov Fargʻona viloyatiga qilgan tashrifida “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi R.Mirzahmedov hamda Margʻilon shahridagi “Hunarmandlar markazi” rahbari I.Sultonov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Fargʻona viloyatida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarni mahsulotlarini Yaponiyadagi Narita aeroportidagi “DUTY FREE” savdo tarmoqlarida savdo nuqtasi ochish orqali sotish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonning Yaponiyadagi vakolatxonasi koʻmagi bilan ushbu savdo nuqtalarida hunarmandlarni mahsulotlarini sotish uchun bepul savdo nuqtasi tashkil etilmoqda.
Uchrashuvda mahsulotlarni savdo nuqtasiga joylashtirish va sotish, mahsulotlarni yetkazib berish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar bermoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.