To'fon janubi-sharqdan Yaponiyaning eng janubiy Okinava prefekturasi orollari va Kagosima prefekturasining Amami arxipelagiga qarab harakatlanmoqda. Seshanba va chorshanba kunlari orollarda kuchli shamol esishi kutilmoqda.
Bir qator aviakompaniyalar to'fon yaqinlashayotgani munosabati bilan Okinava va Kagosima prefekturalarida uchish va qo'nish reyslarini bekor qildi. Aviakompaniya vakillari noqulay ob-havo hukm suraversa bekor qilinadigan reyslar soni o'sib borishini qayd etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.