Mutaxassislar chuqurligi 60 santimetr va eni taxminan bir metr bo'lgan maydonni qazishdi va har biri 100 donadan iborat 1060 dasta tangalarni topishdi. Tangalar somon arqon bilan bog'langan.
Arxeologlar 334 tangani tekshirishdi. Ularning kelib chiqishi turlicha va turli davrlarga oid. Xitoy imperiyasining birinchi yagona pul birligi bo'lgan ban lyan ular orasida eng qadimiysi ekani ma'lum bo'ldi. Tangalar miloddan avvalgi 175-yilga doir. Ban lyan – diametri 2,3 santimetr bo'lgan dumaloq tanga, o'rtada to'rtburchak teshigi bor. “Eng yosh” tanga esa 1256-yilda zarb qilingan.
Olimlarning ta'kidlashicha, o'rta asrlarda xazina topilgan joyda Yaponiyaning zodagon aholisining uylari bo'lgan. Ularning ba'zilari ko'p sonli o'zaro urushlar bilan mashhur bo'lgan Kamakura davrida (1185-1333) qimmatbaho narsalarni yashirib kelgan bo'lishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.