Yaponiyada qon guruhidan qatʼiy nazar, barchaga mos keladigan sunʼiy qon yaratildi

    Salomatlik 4 Iyun 2025 649

    Uni xona haroratida 2-yilgacha, muzlatgichda esa 5-yilgacha saqlash mumkin deya xabar bermoqda Tokyo Weekender.

    Maʼlumotlarga koʻra, ixtironing ilk sinovlari 2022-yilda sogʻlom koʻngillilar ishtirokida boshlangan.

    Ushbu qon muddati oʻtgan donor qonidan ajratib olingan gemoglobindan ishlab chiqariladi. Shundan soʻng barqaror va virussiz sunʼiy eritrotsitlar hosil qilish uchun maxsus qobiq bilan oʻraladi.

    Ushbu sunʼiy hujayralar qon guruhiga ega boʻlmagani sababli muvofiqlikni tekshirishga ehtiyoj qolmaydi, deyiladi xabarda.

    Sunʼiy qonni xona haroratida ikki yilgacha, muzlatgichda esa besh yilgacha saqlash mumkin. Taqqoslash uchun, donor eritrotsitlarini muzlatkichda uzogʻi 42 kun saqlasa boʻladi.

    Olimlarning ixtirosi donor qoni yetishmovchiligi muammosini hal qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, u qon quyishga tayyorgarlik koʻrish vaqtini qisqartiradi va shoshilinch yordamni yanada samarali qiladi.

    Agar bunday qonni quyishning xavfsizligi va samaradorligi tasdiqlansa, 2030-yilga kelib keng foydalanish mumkin.