“Metabo qonuni” qonun rasman 2011-yilda qabul qilingan. Ushbu qonunga binoan erkaklarning bel kengligi 80 sm dan, ayollarniki esa 90 sm dan oshmasligi kerak. Maxsus maqomga ega boʻlganlar, masalan, sumo kurashchilari istisno. Ushbu tashabbus tufayli yaponlar 2000-yillarda koʻtarila boshlagan semizlik koʻrsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirdilar.

Maʼlum boʻlishicha, Yaponiya hukumati fuqarolarining holati uchun aynan ular ishlaydigan kompaniyalar masʼul deb hisoblaydi. Aynan ish beruvchilar xodimlari sport bilan shugʻullanishlari, sogʻlom ovqatlanishlari va tibbiy yordam olishlari uchun sharoit yaratishlari kerak.

Agar xodimlar orasida ortiqcha vaznli odamlar aniqlansa, tashkilot jarima toʻlashi shart. Jarimalar miqdori shunchalik yuqoriki, ular byudjetga sezilarli darajada zarar yetkazishi mumkin: jarima baʼzan millionlab dollarga teng!